«bektemir tumani» tegli maqolalar


Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
11 mart 2024, 20:20

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
6 fevral 2024, 16:23

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.

Toshkentdagi maktablardan birining binosida o‘quvchini ilon tishlab oldi
18 may 2023, 19:46

Toshkentdagi maktablardan birining binosida o‘quvchini ilon tishlab oldi

Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.

Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
1 aprel 2022, 10:22

Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bektemir tumanida taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni 800 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs oldindan 80 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Uning taqiqni tegishli organlar orqali yechishi va qurilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Narxlar o‘ynab turadi — bu hayot». Bektemir hokimi «Qo‘yliq» ko‘chirilishi haqida
16 dekabr 2021, 12:09

«Narxlar o‘ynab turadi — bu hayot». Bektemir hokimi «Qo‘yliq» ko‘chirilishi haqida

Poytaxtning Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev «Qo‘yliq» ulgurji bozori Food City majmuasiga bosqichma-bosqich ko‘chishini tasdiqladi. «Food City`da shundoq sharoitlar yaratilganki, bunaqa sharoit Ecobozor`da ham yo‘q. «Qo‘yliq»da asfaltda o‘tirib sotgandan ko‘ra, o‘sha yerga oborib sotgan ma’qul», — dedi u.

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi
11 fevral 2021, 18:21

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Toshkentda Howo og‘ir yuk avtomashinasi Cobalt ustiga ag‘darildi, bir kishi vafot etdi
20 yanvar 2021, 12:27

Toshkentda Howo og‘ir yuk avtomashinasi Cobalt ustiga ag‘darildi, bir kishi vafot etdi

Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida Cobalt yo‘lovchisi vafot etgan.

Toshkent shahrida 4 million so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi
14 dekabr 2020, 16:45

Toshkent shahrida 4 million so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi

Toshkent shahar Bektemir tumanida IIO xodimlari tomonidan 4 mln so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi.

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMB boshliqlari tayinlandi
26 avgust 2020, 15:02

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMB boshliqlari tayinlandi

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi
25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Bektemir tumanida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi
24 avgust 2020, 19:58

Bektemir tumanida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting